Qaytish
29 октября текущего года ООО «Uzbekistan Airways Technics» впервые выполнило замену лопаток на ВС находящемся в г.Бухаре на двигателе CFMI Leap-1A одного из новейших авиалайнеров современности Airbus 320NEO Российского авиаперевозчика «SMARTAVIA».
1283
01.01.2021 00:00

Joriy yilning 29-oktyabr kuni «Uzbekistan Airways Technics» MCHJ birinchi marotaba, Buxoro shahrida boʻlib turgan CFMI Leap-1A dvigatelida, eng yangi zamonaviy avialaynerlaridan biri Rossiya aviatashuvchisining «Smartavia» Airbus 320NEO havo kemasining parraklarni almashtirishni amalga oshirdi. Parraklarni almashtirish jami 7 soat, shu jumladan dvigatelni ishga tushirish va sinovdan oʻtkazish ishlari amalga oshirildi.

1-sonli dvigatelning ventilyator zinasi, 4-parragi begona jism kirib qolishi sababli shikastlangan, shu tufayli parraklarni tezda almashtirish talab etilgan.

Jarayon eng mas’uliyatli va ogʻir vazifalardan biri boʻlib, murakkab parametrlarni tekshirish va dvigatel tizimlarining ishlash sinovlarini oʻz ichiga oladi. Parraklarni almashtirgandan soʻng, dvigatellarni belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy muvofiq ishga tushirish amalga oshiriladi. Mazkur vazifa «Uzbekistan Airways Technics» MCHJ yuqori malakali mutaxassislarining say-harakatlari bilan bajarildi.

MDH hududida xizmat koʻrsatishning yetakchi markazlaridan biri boʻlgan «Uzbekistan Airways Technics» texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha tasdiqlangan tashkilot, Oʻzbekiston, Yevropa (EASA Part-145) va Bermuda orollari (BDA/AMO), Quvayt, Qozogʻiston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi aviatsiya hukumati sertifikatlari sohibi hisoblanadi.