Xizmat ko‘rsatilayotgan aviatsiya texnikasida bajarilayotgan ishlar sifati va parvozlar xavfsizligi “UAT” MCHJ faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib va u «Maintenance Organization Exposition» (MOE), “Sifat bo‘yicha Qo‘llanma ” va “Parvozlar xavfsizligini boshqarish bo‘yicha Qo‘llanma” bilan aniq qilib belgilanadi. “UAT” MCHJ ning samolyotlar va agregatlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish huquqi , yevropa , xalqaro va milliy tashkilotlar tomonidan berilgan, sertifikatlar bilan tasdiqlanadi. - «European Aviation Safety Agency» (EASA); - «Bermuda Civil Aviation Authority» (BCAA); - Davlatlararo Aviatsiya Qo‘mitasining Aviaregistri (АР МАК) - O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (Госавианадзор); - Qozog‘iston Respublikasi kommukasiyalar va transport Vazirligi Fuqaro aviatsiyasi Qo‘mitasi; - Tojikiston Respublikasi Transport Vazirligi transport sohasida nazorat qilish va tartibga solish Davlat xizmati; “UAT”MCHJ mas’uliyati cheklangan jamiyat «Uzbekistan Airways» AJ tarkibiga kiradi, IATA Operational Safety Audit Programme talablariga javob beradigan, IOSA operatori sifatida ro‘yxatga olingan.