Korrupsiyaga qarshi kurash  

...
Антикоррупция залог развития и процветания

Korruptsiyaga qarshi kurash

...

“Uzbekistan Airways Technics” Mas’uliyati cheklangan jamiyat direktorining

Korrupsiyaga qarshi kurashish va harakatlanishga bag‘ishlangan murojaati

 

“Uzbekistan Airways Technics” Mas’uliyati cheklangan jamiyatining

Hurmatli hamkorlari va hamkasblari!

 

Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish − yanada maqsadli yo‘naltirilgan davlat siyosati darajasiga yetdi. Bu so‘nngi yillardagi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish tizimining ilg‘or xalqaro standartlari asosida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ma’muriy islohotlar ko‘lamiga taalluqli konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlarda aks etdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish mamlakatimiz faoliyatining asosiy e‘tibor markazida bo‘lgan va shunday qolmoqda. O‘zbekistonning yangilangan siyosati − jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini yuksak darajaga ko‘tarish, zamonaviy samarali davlat boshqaruvini joriy etish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qat’iy murosasizlik madaniyatini shakllantirish g‘oyasining yuksakligidan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurash sifat va miqdor jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Korrupsiya o‘zining turli ko‘rinishlarida mamlakat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilmoqda” deb qayd etib o‘tgan siyosiy iroda mahsuli hisoblanadi. Agar biz bu illatga barham bermasak, haqiqatan ham qulay ishbilarmonlik va sarmoyaviy muhitni yarata olmaymiz, jamiyatimizda birorta ham hayotiy sohasi rivojlanmaydi.

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining mexanizmlari yaratilgan va amalda hayotga tatbiq etilmoqda, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va unga chek qo‘yishga qaratilgan ularning samaradorligini ko‘rsatgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

2021 yil 6 iyuldagi PQ 5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlarining mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilsin.

Yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan “Uzbekistan Airways Technics” mas’uliyati cheklangan jamiyatda korrupsiyaga qarsi kurashish va komplaens bo‘limi tashkil etildi, bo‘lim korrupsiyani barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish uchun mas’uldir.

Bugungi kunga kelib “Uzbekistan Airways Technics” MChJ faoliyatining ustuvor yo‘nalishi − qonunga sodiqlik, biznes yuritishda yuqori axloqiy me’yorlar, hamkorlar va xodimlar o‘rtasidagi tijoriy munosabatlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning har qanday ko‘rinishini rad etish, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro standartlarga va milliy qonunchilikka rioya qilish, ishbilarmonlik obro‘sini mustahkamlash va korrupsia tajovuzlardan himoya qilish hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda “Uzbekistan Airways Technics” mas’uliyati cheklangan jamiyatda faoliyatning barcha jabhalarida inson omilining kamaytirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shuni ham alohida aytib ta’kidlash joizki, “Uzbekistan Airways Technics” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan xalqaro ISO 370001:2016 standart talablariga javob beruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Shubhasiz, korrupsiyaga butunlay barham berishda, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish doirasida bularning o‘zi kifoya qilmaydi. Har birimiz o‘z ishimizga halol va vijdonan yondashishimiz kerak. Korrupsiya ko‘z ilg‘amas mayda elementlardan boshlanadi. Bu yerda ham xodim yoki boshqa shaxs korrupsiyaga aloqador bo‘lmasligi, balki o‘z hamkasbi yoki tanishining korrupsiyada ishtirokining bevosita guvohiga aylanishi mumkin. Biz korrupsiya holatini minimal darajaga tushirishda yordam beradigan har bir daqiqaga alohida e’tibor qaratishimiz kerak.

Hurmatli hamkorlar va “Uzbekistan Airways Technics” mas’uliyati cheklangan jamiyat xodimlari, sizlardan “Uzbekistan Airways Technics” mas’uliyati cheklangan jamiyatning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga chek qo‘yish va ularning oldini olish siyosatiga qat’iy rioya qilishingizni, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda faol ishtirok etishingizni so‘rayman.

Agarda siz “Uzbekistan Airways Technics” mas’uliyati cheklangan jamiyat xodimlari tomonidan korrupsiya harakatlarining guvohiga aylansangiz, bu haqida bizga murojaat etishingiz mumkin:

  • “Uzbekistan Airways Technics” mas’uliyati cheklangan jamiyat rasmiy veb saytining qayta aloqa kanali orqali (“Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi”);
  • anticorruption.uat@gmail.com elektron manzilga;
  • «Anticorruption.UAT» +99890-998-10-77 “Telegram” ilovasiga;
  • uzbekistanairwaystechnics “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifaga;

 

 Hurmat bilan,

       

«UAT» MCHJ Direktori                                                  Xusanov U.A.

 

Savollaringiz bormi?
Kontakt ma'lumotlarini qoldiring, biz siz bilan bog'lanamiz.