Xizmat ko’rsatuvchiga qo’yiladigan talablar - tanlovda mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, har qanday yuridikshaxs, jumladan, kichik biznes subyektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar yuqorida ko'rsatilgan xizmatlarni bajarishhuquqini beruvchi tegishli sertifikat yoki litsenziyalarga ega bo'lganlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etishga yo’l qo’yilmaydi:
- qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo’lganlar;
- Buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo’lganlar;
- belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaganlar;
- ilgari tuzilgan shartnomalar bo’yicha ilgari qabul qilingan majburiyatlarni to’g’ri bajarmaganlar;
- vijdonsiz ijrochilarning Yagona reestrida joylashgani.
Tijorat taklifini yuborishdan oldin, ishtirokchlar 34XR78 rusumli past haroratli kamerani vizual tekshirish maqsadida Buyurtmachining vakili bilan uchrashishi kerak.
Tijorat taklifida QQSsiz yoki narxlar QQS bilan (agar ishtirokchi ushbu soliqni to'lovchi bo'lsa), ishlar bajarilish muddati, to'lov shartlari ko'rsatilishi va tashkilotning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma va litsenziyalarning nusxasi ilova qilinishi kerak.
Tijorat taklifi qog‘ozda 100167, Toshkent sh., Aviagorodok, “UAT” MChJ manzilida yoki common@airtech.uz va od_uat@uzairways.com elektron manzillari orqali 14.10.2022 soat 17:00 ga qadar “UAT” MChJ iqtisodiyot va moliya bo’yicha direktor o’tinbosari Jabborov Dilshod Karimovich nomiga qabul qilinadi.
Aloqa uchun: