Qaytish
«Uzbekistan Airways Technics» MChJ hududida Kirish nazorati va boshqaruv tizimlariga (KNBT) yillik texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha xizmat ko’rsatish uchun
940
08.08.2022 00:00

Xizmat ko’rsatuvchiga qo’yiladigan talablar:

- mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, har qanday yuridik shaxslar, shu jumladan quyidagilarga ega bo’lgan kichik biznes subyektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin:

- Toshkent shahridagi filial yoki bosh kompaniya;

- texnik qo’riqlash vositalarini montaj qilish – o’rnatish, sozlash va texnik xizmat ko’rsatish bo'yicha ishlarni bajarish huquqi uchun litsenziyalar; ixtisoslashtirilgan «SIGUR» dasturiy ta’minoti bilan ishlash huquqini beruvchi sertifikatlar;

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 06 oktyabrdagi 279-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida ish olib borish huquqi uchun vakolatli organning maxsus ruxsatnomasi.

- O‘zbekiston Respublikasida hamkor maqomi yoki “SIGUR” ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minoti bilan ishlash bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassislarga ega bo‘lish;

- Buyurtmachi obyektida KNBT uskunasiga  sifatli texnik xizmat ko’rsatish va nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun zarur bo’lgan diplomli muhandis-texnik mutaxassislardan iborat xodimlar shtati (kamida 5 kishi).

1-Ilovaga muvofiq KNBT texnik xizmat ko’rsatish uchun kerakli bo’lgan uskunalar ro’yxati

           Quyidagi ishtirokchilar ro’yxatga qo’yilmaydi:

- qaytadan tashkil etilish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichidagi korxonalar;

- Buyurtmachi bilan sud ishi yoki hakamlik ishi ko’rib chiqilishi holatida bo’lgan kompaniyalar;

- belgilangan muddatda barcha kerakli hujjatlarni taqdim etmagan kompaniyalar;

- avval tuzilgan shartnomalar bo’yicha ilgari qabul qilingan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlar;

- vijdonsiz ijrochilarning Yagona reestriga kiritilganlar.

 

Tijorat taklifini taqdim etishdan oldin, ishtirokchi uskunani vizual ko’zdan kechirish uchun Buyurtmachining vakili bilan uchrashuvni amalga oshirishi kerak.

 

Tijorat taklifida narxlarni QQSsiz yoki QQS hisobga olingan holda (agar ishtirokchi ushbu soliq to’lovchisi bo’lsa), ishning bajarilish muddati, oylik to'lov qiymati, to’lov shartlari ko’rsatilishi va tashkilotning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma, litsenziya, sertifikat nusxalarini ilova qilinishi kerak.

 

«UAT» MChJ moliya va iqtisod bo’yicha direktor o'rinbosari Jabborov Dilshod Karimovich nomiga yuborilgan takliflar yopiq konvertda 15.08.2022 yil soat 1700 gacha: O'zbekiston, 100167, Toshkent, Aviagorodok, «UAT» MChJ manzilida qabul qilinadi.

Tel. (55) 503-18-44

Elektron pochta: common@airtech.uz, od_uat@uzairways.com

 

 

      Aloqa yuzlari:

1. Tijorat departamentining shartnomalar guruhi rahbari – Khankeldieva Raksana Batirovna
 tel. (90) 917-29-03

2. IHQB boshlig'i – Sultanov Abdurazzoq, tel. (90) 998-16-78

«Uzbekistan Airways Technics» MChJ 100 yilligi doirasida bo'lajak tadbirni tashkil etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishning boshlang'ich narxini monitoring qilish 17.07.2024 00:00 “Uzbekistan Airways Technics” MChJ binolarini qoʻriqlash va yongʻin signalizatsiyasi, perimetri toʻsiqlarining qoʻriqlash signalizatsiyasi, videokuzatuv tizimlari, perimetri signalizatsiya tizimlariga yillik texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning boshlangʻich qiymati monitoringi 2024 yil uchun 14.12.2023 00:00 Yaqin va uzoq xorijdagi xorijiy kompaniyalar vakillarini joylashtirish uchun Toshkent shahridagi mehmonxonada bir xonali “ kichik lyuks ”ni buyurtmachining iltimosiga binoan bron qilish xizmatlarini ko‘rsatishning boshlang‘ich narxini monitoring qilish bo`yicha 07.12.2023 00:00 Ob'ektni (Havo kemalari uchun angar maydoni) kapital ta'mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishning boshlang'ich qiymatini monitoring qilish. 06.12.2023 00:00 Haydovchilar sonini cheklamagan holda bir yil muddatga foydalanish sharti bilan berilgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning boshlang‘ich qiymatini monitoringi 06.12.2023 00:00 Quyidagi transport vositalarini baholashni amalga oshirish uchun xizmatlar ko'rsatishning boshlang'ich qiymatini monitoring qilish 05.12.2023 00:00 (0016, 0004 litrlar) Baholash natijalariga ko'ra demontaj qilingan materiallar uchun ekspertiza xizmatlarini ko'rsatishning boshlang'ich qiymatini monitoring qilish 30.11.2023 00:00 “Uzbekistan Airways Technics” MChJ uchun kompyuterlar, orgtexnikalar va ehtiyot qismlar to‘plamlarini yetkazib berishning boshlang‘ich qiymati monitoringi 29.11.2023 00:00 Toshkent sh., Uchuvchilar shaharchasi “Uzbekistan Airways Technics” MChJ hududida joylashgan HKTM-2da mavjud toshqin tizimi (drencher) avtomatik yongʻin oʻchirish tizimini yanada zamonaviy avtomatik yongʻin oʻchirish tizimiga rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish. 20.11.2023 00:00 Tovar-materiallar qiymatini va demontaj qilingan vitrajlarni baholash bo'yicha xizmatlar ko'rsatishning boshlang'ich qiymatini monitoring qilish 27.11.2023 00:00