Xizmat ko'rsatuvchiga qo'yiladigan talablar:
- mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har qanday yuridik shaxslar, jumladan, yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatish uchun tegishli guvohnoma yoki litsenziyaga ega bo‘lgan kichik biznes va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.
- kamida 2 yil ish tajribasi.
Quyidagi ishtirokchilar ro'yxatga qo'yilmaydi:
- qaytadan tashkil etilish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichidagi korxonalar;
- Buyurtmachi bilan sud ishi yoki hakamlik ishi ko’rib chiqilishi holatida bo’lgan kompaniyalar;
- belgilangan muddatda barcha kerakli hujjatlarni taqdim etmagan kompaniyalar;
- avval tuzilgan shartnomalar bo’yicha ilgari qabul qilingan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlar;
- vijdonsiz ijrochilarning Yagona reestriga kiritilganlar.
Tijorat taklifini yuborishdan oldin ishtirokchi avtomatik yong'in o'chirish tizimini vizual tekshirish uchun Buyurtmachining vakili bilan uchrashishi kerak.
Tanlov taklifida quyidagilarni ko'rsatish kerak:
- tashkilotning yuridik manzili,
- telefon,
- QQSsiz yoki QQSni hisobga olgan holda narxlar (agar ishtirokchi ushbu soliqni to'lovchi bo'lsa),
- to'lov shartlari.
Tijorat taklifiga litsenziya va tashkilotning Davlat ro'yxatidan o'tkazganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxalari ilova qilinishi kerak.
Tijorat taklifi qog‘ozda 100167, Toshkent sh., Uchuvchilar shaharchasi, “UAT” MChJ manziliga yoki common@airtech.uz elektron manzili orqali 15.12.2023 soat 17:00 ga qadar “UAT” MChJ direktori Xusanov Umid Abrorovich nomiga qabul qilinadi.
Aloqa uchun: