1 |
Ichki blok: raqamli bosma, qog'ozning zichligi 80gr; yuqori sifatli PORCELLANA (Italiya charmi) materialidan tayyorlangan jilosiz silliq muqovali kitobchaga o'xshash charmli kundalik |
200 dona |
2 |
Aylanma harakatga ega, 500 metr uzunlikdagi yozuvga yetadigan va o'chmaydigan ko'k siyohli metall gelli ruchka |
200 dona |
3 |
1Tb hajmli xotiraga ega charm va magnit korpusdagi metalli flesh karta. |
100 dona |
4 |
Dizayni ishlab chiqilgan, laklangan va jilosiz laminatsiyali,4+4, 400gr. Offset qog'ozidan 24 varaqli 3 bo'limli taqvim(kalendar) |
300 dona |
5 |
Dizayni ishlab chiqilgan, laklangan va jilosiz laminatsiyali ,4+4, 400 gr. li paket. |
300 dona |
6 |
Kulrang olachipor ipli, naqshli,samolyot shaklida zanglamas po‘ladan yasalgan jevak. |
200 dona |
7 |
Baxmal charm qutida (o'lchami: 23.5*26.5*4), quvvatlangan, 512MB hajmli xotiraga ega bo'lgan flesh karta, yuqori sifatli PORCELLANA (Italiya charmi) materialidan tayyorlangan kundalik. |
50 dona |
2. Xizmat ko'rsatuvchiga qo'yiladigan talablar:
- ushbu tanlovda yuqorida ko'rsatilganlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma, ushbu yo'nalishda kamida bir yillik tajribaga ega bo'lgan, har qanday mulkchilik ko'rinishidan qat'i nazar bo'lgan yuridik shaxslar, jumladan, kichik biznes subyektlari va yakka tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin;
- xizmat ko'rsatuvchiga tijorat taklifini berishdan oldin buyurtma qilinayotgan mahsulotning tashqi ko'rinishi Buyurtmachi bilan kelishib olinishi zarur;
- logotip chop etiladigan barcha mahsulotlar Buyurtmachi bilan taxminan uning tashqi ko‘rinishi kelishib olinib Xizmat ko'rsatuvchi tomonidan taqdim etiladi;
- barcha qo'llanadigan jihozlar va foydalaniladigan materiallar O'zbekiston Respublikasida foydalanish uchun ruxsat berilgan va sertifikatsiyadan o'tgan bo'lihi kerak;
3. To'lov Bajaruvchining hisob raqamiga O'zR so'm pul birligi miqdorida naqd pulsiz hisob-kitob orqali amalga oshiriladi.
- shartnomaning umumiy summasining 100% miqdorida oldindan to'lov Buyurtmachi va Ijrochi tomonidan imzolanganidan keyin 15 (o'n besh) bank kuni ichida amalga oshiriladi.
4. Tanlovda ishtirok etish uchun yo'l qo'yilmaydigan ichtirokchilar:
- qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo'lganlar;
- Buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo'lganlar;
- belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaganlar;
- ilgari tuzilgan shartnomalar bo'yicha ilgari qabul qilingan majburiyatlarni to'g'ri bajarmaganlar;
- vijdonsiz ijrochilarning Yagona reestrida joylashgani.
Tanlov taklifida quyidagilarni ko'rsatish kerak:
- tashkilotning yuridik manzili,
- telefon,
- QQSsiz yoki QQSni hisobga olgan holda narxlar (agar ishtirokchi ushbu soliqni to'lovchi bo'lsa),
- xizmat narxi,
- to'lov shartlari.
Tijorat taklifiga litsenziya va tashkilotning Davlat ro'yxatidan o'tkazganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxalari ilova qilinishi kerak.
Tijorat taklifi qog'ozda 100167, Toshkent sh., Uchuvchilar shaharchasi, ''UAT'' MChJ manzilida yoki common@airtech.uz elektron manzillari orqali 22.09.2023 soat 17:00 ga qadar ''UAT'' MChJ direktor Marat Azatovich Latipov nomiga qabul qilinadi.
Aloqa uchun:
MRvaTAB mutaxassisi Акбарходжаев Захириддин Зайнитдинович,
Aloqa uchun raqamlar: +998 55 503 15-69; +998 90 998 93-24