Qaytish
"UAT"MChJda xizmat ko'rsatuvchi xodimlar uchun korruptsiyaga qarshi kurash bo'yicha uchrashuv
1239
27.04.2023 17:07

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-sonli "korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reytingli baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "UAT" MChJ liniyaviy xizmat ko'rsatish xodimlari bilan aviatashuvchida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari tizimini joriy etish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlarga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuv " UAT " MCHJ muvofiqlik nazorati bo'limi tashabbusi bilan tashkil etildi. Uchrashuvga liniya xizmati rahbarlari va mutaxassislari taklif qilindi.

.

Ushbu tadbirning maqsadi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ichki tartib-taomillar to'g'risida xabardorligini oshirish, ushbu sohada bilim va ko'nikmalarni oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdir.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar yoritildi:

- korruptsiya xavfini baholash metodologiyasi;

- tashkilotda mavjud nazorat choralarining yaroqliligi va samaradorligi;

- korrupsiyaga qarshi kurashni boshqarish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish.

Uchrashuvning yakuniy qismi "savol-javob" ko'rinishidagi muhokamaga bag'ishlandi.