Qaytish
Uzbekistan Airways Technics xalqaro MRO Middle East 2023 yil ko‘rgazmasida ishtirok etadi
1505
01.03.2023 16:44

Dubayda Xalqaro MRO Middle East 2023 ko‘rgazma konferensiyasi boshlandi.

MRO Middle East – xalqaro yaqin-sharq ko‘rgazma konferensiyasi hisoblanib, aviatsiya texnikasiga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish maqsad qilingan, Aviation Week hamda Aircraft Interiors Middle East hamkorlikda mazkur ko‘rgazma tashkilotchilari hisoblanadi.

"Uzbekistan Airways Technics" MChJ ushbu tadbirda Aviation Week ko'rgazmasi tashkilotchilarining taklifiga binoan ketma-ket ikkinchi yil ishtirok etmoqda. “UAT” MChJ yetakchi mutaxassislari direktor boshchiligida ko‘rgazmada ishtirok etdi va o‘zlarining O‘zbekistonRespublikasida havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar majmuasini taqdim etishdi.

1-2 mart kunlari konferensiya ishtirokchilari bozor tendentsiyalari va istiqbollari; biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish strategiyasi va taktikasi; kadrlar siyosati; transport xavfsizligini ta’minlash; yangi texnologiyalar va aviatsiya uskunalari (samolyotlar, dvigatellar, reaktiv yoqilg‘i) va Yaqin Sharq MRO bozorini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa ko‘plab sohalarni muhokama qiladilar.

Ushbu tadbir har doim keng miqyosda bo'lib o'tadi, 4000 dan ortiq ishtirokchilar xalqaro ko‘rgazma konferensiyada qatnashadi. 150ga yaqin ko‘rgazma peshlavhalari namoyish etiladi. “UAT” MChJ ham havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Ko‘rgazmalar va konferensiyalar – korxona imijini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marketing hayotining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri. “UAT” MChJ doimiy va uzluksiz rivojlanmoqda va unga maqsadli auditoriya bilan muloqot olib borish juda muhim. Ko‘rgazmalar – bu muloqot va yangi imkoniyatlar izlashning eng maqbul usulidir.

Ta’kidlash joizki rahbariyat boshchiligidagi yetakchi mutaxassislarimiz ushbu tadbirlarda ilg‘or tajriba almashish, dolzarb masalalar yechimini topish, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish, hamfikrlarni topish, muhim shartnoma va shartnomalar tuzish maqsadida muntazam qatnashib borishini ta’kidladi. Xalqaro ko‘rgazmalarda doimiy ishtirok etish bizga potentsial mijozni o‘z vaqtida aniqlash va ularning ehtiyojlarini tezkor qondirish, shu orqali xalqaro bozorda mijozlar bazasini kengaytirish imkonini beradi.