Qaytish
Uzbekistan Airways MRO Middle East konferensiyasida ishtirok etmoqda
1842
22.02.2022 14:15

Uzbekistan Airways 22-23 fevral kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan MRO Middle East 2022 xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda.

MRO Middle East – bu mintaqada MRO (xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash) xizmatlari darajasini oshirishga bag‘ishlangan Yaqin Sharq xalqaro konferensiyasi hisoblanadi. Konferensiya davomida ishtirokchilar tendensiyalar va bozor istiqbollari; biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish strategiyasi va taktikasi; kadrlar siyosati; transport xavfsizligini ta’minlash; yangi texnologiyalar va aviatexnika (havo kemalar, dvigatellar, aviayoqilg‘i) va Yaqin Sharq MRO bozorini rivojlantirish bilan bog‘liq ko‘plab boshqa sohalarni muhokama qiladilar.

Shuningdek, konferensiya davomida foydali tanishuvlar tarmog‘ini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvlar va ko‘rgazma tashkil etilib, unda turli mamlakatlarning 200 ta yetakchi kompaniyalari qatorida Uzbekistan Airways Technics aviatashkiloti ham havo kemalari dvigatellari va komponentlariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash sohasidagi eng yangi texnologiyalar, uskunalar va tizimlarni namoyish etmoqda.