Qaytish
UAT” MChJda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
1451
27.01.2023 17:56

2023-yil 27-yanvar kuni “UAT” MChJda ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurash boshqaruv tizimi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir “UAT” mas’uliyati cheklangan jamiyatining muvofiqlik nazorati bo‘limi tashabbusi bilan, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Seminar “UAT” MChJ hududidagi texnik o‘quv sinfida o‘tkazildi. Seminarni SMS SYSTEMS direktori Saidanvar Saidmaxmudov, SMS SYSTEMS yetakchi maslahatchisi Nazim Almedov, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AK Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens xizmati rahbari Azizxon Payzullaxonovich ishtirokida olib bordi. Seminarda “Uzbekistan Airways Technics” MAK tomonidan qo‘mondonlik va boshqaruv tarkibi ishtirok etdi.

Tadbir avvalida yig‘ilish ishtirokchilarini “UAT” MChJ muvofiqlikni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i – Umid Valeryevich kutib oldi va seminarni ochib berdi. Seminar davomida taqdimot o‘tkazildi va quyidagi mavzular atroflicha yoritib berildi:

— tashkilot siyosati va maqsadi;

- korruptsiya xavfini baholash;

— tashkilotdagi mavjud boshqaruv vositalarining yaroqliligi va samaradorligi;

- korruptsiya xavfini baholash tahlili;

- korrupsiyaga qarshi kurashni boshqarish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish.

Seminarning ikkinchi qismi “savol-javob” tarzida muhokamaga bag‘ishlandi.