Qaytish
“UAT” MChJ Boeing 737-300 havo kemasini texnik xizmat ko‘rsatish uchun qabul qildi
1715
06.02.2023 14:49

01-fevral, 2023-yil

Boeing 737 - 300 havo kemasi “UAT” MChJ bazasiga texnik xizmatlaridan foydalanish uchun yetib keldi. Ushbu havo kemasi Qozog'iston Respublikasining “SCAT” aviakompaniyasiga tegishli.

Ushbu aviakompaniya uzoq yillik hamkorlik tarixiga ega va “UAT” MChJning azaliy mijozi hisoblanadi.

“UAT” MChJ 98-yildan buyon havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Bizning maqsadimiz sifatli xizmat ko'rsatish va har bir mijozga individual yondashishdir. Bu o'z navbatida nafaqat yangi mijozlarni jalb qilishga, balki mavjud mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatishga yordam beradi.

BIZNING YERDAGI FAOLIYATIMIZ - SIZNING SAMODAGI XAVFSIZLIGINGIZ VA DADILLIGINGIZDIR!