Qaytish
«Aero Nomad Airlines» aviakompaniyasining yana bir samolyoti texnik xizmat ko'rsatish uchun keldi
2431
28.10.2022 16:55

2022 yil 25 oktyabr. 

«Aero Nomad Airlines» aviakompaniyasining yana bir Airbus A-320 samolyoti «UAT» MChJ bazasiga fyuzelyajga texnik xizmat ko'rsatish va bo'yash uchun keldi. 

Ushbu samolyot Qirg'iziston aviakompaniyasiga tegishli bo'lib, u bilan Uzbekistan Airways Technics ko'p yillar davomida samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

«Uzbekistan Airways Technics» MCHJ samolyotlarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash sohasida xizmatlarni taqdim etadi, har kuni mijozlarga xizmat ko'rsatish darajasini yaxshilaydi va sifatli xizmat ko'rsatadi.

BIZNING YERDAGI ISHIMIZ OSMONDA SIZNING ISHONCHINGIZ VA XAVFSIZLIGINGIZDIR!