Qaytish
"UAT" MCHJ Silk Avia aviakompaniyasi bilan birgalikda ATR-72 samolyotlariga texnik xizmat ko'rsatish jarayonini o'zlashtirmoqda
1665
23.11.2022 17:59

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 oktyabrdagi "respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-412-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida hozirda "Uzbekistan Airways Technics" MCHJ negizida ATR-72 samolyotlariga texnik xizmat ko'rsatish uchun zarur infratuzilma yaratilmoqda.

Joriy yilning 21 noyabr kuni "UAT"MCHJ muhandislari ushbu turdagi samolyotlarga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha mashg'ulotlarni boshladilar.

Trening tugaguniga qadar ATR-72 samolyotlariga texnik xizmat ko'rsatish xorijiy mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.

Silk Avia aviakompaniyasining taqdim etilgan bo'yash sxemasiga ko'ra, yaqin kelajakda bo'yoq ishlarini bajarish uchun ikkita ATR-72 samolyoti UAT MChJ bazasiga kelishi kutilmoqda.