Bugun, 15-noyabr kuni Uzbekistan Airways Technics'da birinchi marta "Oila kuni" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Bu aviakompaniya xodimlari va ularning oila a'zolari uchun noyob format. Tadbir oilaviy qadriyatlarni saqlashga, shuningdek, yosh avlodni aviatsiya sanoatiga qiziqtirish va ta'lim berishga qaratilgan.