Qaytish
18 noyabr-O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun
2077
18.11.2022 16:22

Bugun 2022-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasida davlat bayrog'i qabul qilingan kun nishonlmoqda.

Mazkur bayram munosabati bilan "UAT" MCHJ xodimlari uchun – falsafa fanlari doktori, Toshkent moliya instituti dotsenti Mahfuza Yo'ldosheva ma'ruza qildi.

 

"O' zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i — davlat gerbi va madhiyasi bilan bir qatorda — O' zbekiston Respublikasining davlat va suvereniteti ramzi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'ining ramziyligi mamlakatimiz hududida mavjud bo'lgan qudratli davlatlar bayroqlariga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettiradi, shu bilan birga respublikaning tabiiy xususiyatlarini, xalqning milliy va madaniy o'ziga xosligini aks ettiradi. So'nggi o'ttiz yil ichida O'zbekiston bayrog'i mamlakat xalqi - sportchilar va san'atkorlar, iqtidorli yoshlar va biznes vakillarining yutuqlari bilan butun dunyoga mashhur bo'ldi. Mamlakatimiz bayrog'i dunyoning eng yirik va eng rivojlangan mamlakatlaridagi elchixonalari va konsulliklarida hilpirab turibdi. Mamlakatimiz uchun bayroq xalqni birlashtiradigan eng muhim ramzlardan biridir."- deydi Mahfuza Yo'ldosheva.