Qaytish
"UAT" MChJda korrupsiyaga qarshi kurashga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi
1316
17.03.2023 16:10

2023-yil 13-mart kuni "UAT" MChJda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son qaroriga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari tizimini joriy etish bo'yicha aviaporjitada ko'rilayotgan chora-tadbirlarni xodimlarga tushuntirishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbir "UAT" MCHJ direktori va muvofiqlikni nazorat qilish bo'limi tashabbusi bilan tashkil etildi. Uchrashuvga quyidagi bo'limlarning rahbarlari va yetakchi mutaxassislari taklif etildi: bazaviy texnik xizmat ko'rsatish sexi, ishlab chiqarishni tayyorlash sexi, nazorat va rejalashtirish bo'limi, komplektatsiya sexi va planyer konstruksiyalarini ta'mirlash sexi.

Kirish nutqi bilan uchrashuvni aviakompaniya direktori Artur Gukasyan ochdi, u yaqin kelajakda aviakompaniyani rivojlantirish bo'yicha uzoq muddatli rejalarni taqdim etdi, ishtirokchilarga "UAT" MChJda muvofiqlik nazorati bo'limi ochilishi haqida qisqacha gapirib berdi va muvofiqlik nazorati bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlangan Umid Klichevni taqdim etdi. Shundan so'ng Umid Klichev ishtirokchilarni korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirdi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida quyidagi masalalar yoritildi:

- korruptsiya xavfini baholash metodologiyasi;

- tashkilotda mavjud nazorat choralarining yaroqliligi va samaradorligi;

- korrupsiyaga qarshi kurashni boshqarish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish.

Uchrashuvning yakuniy qismi "savol-javob" ko'rinishidagi muhokamaga bag'ishlandi.