Qaytish
Uzbekistan Airways Technics faoliyat sohasidagi yangi samolyot turi
1055
26.10.2023 19:55

Uzbekistan Airways Technics uzoq muddatli tayyorgarlikdan so'ng ATR-72 mintaqaviy samolyotlariga texnik xizmat ko'rsatishning barcha kompleksini amalga oshirish uchun ruxsat olganligini e'lon qiladi.

2022 yilda ushbu turdagi samolyotni o'zlashtirishga tayyorgarlik Ko'rildi. Aviatsiya korxonasining yuqori malakali xodimlari tanlab olindi, ular maxsus tayyorgarlikka yo'naltirildi. Bizning mutaxassislarimiz nafaqat nazariy tayyorgarlikdan, balki Indoneziyada joylashgan aviatsiya o'quv markazida ham amaliy mashg'ulotlardan o'tdilar.

O'zbekiston Respublikasida ATR-72 samolyotidan texnik foydalanish va texnik xizmat ko'rsatish birinchi marta amalga oshirilmoqda. Rivojlanish davrida Silk Avia aviakompaniyasiga texnik xizmat ko'rsatish xorijiy kompaniya tomonidan amalga oshirildi.

Biroq, 2023-yil noyabr oyidan boshlab, barcha dastlabki ishlar yakunlangandan so'ng, Uzbekistan Airways Technics mutaxassislari ATR-72 tipidagi samolyotlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha texnik ishlarning to'liq spektrini mustaqil ravishda amalga oshirishga kirishadilar.

 

Bu bizning korxonamiz uchun yana bir muhim va mazmunli qadam bo'lib, ATR-72 samolyotlariga ishonchli va sifatli texnik xizmat ko'rsatishga tayyorligimiz va qobiliyatimizni namoyish etadi. Biz xodimlarimizning yutuqlari bilan faxrlanamiz va ularning professionalligi va malakasiga ishonchimiz komil.

Uzbekistan Airways Technics jamoasi samolyotlarga texnik xizmat ko'rsatish sohasida yetakchi bo'lishga intilmoqda va yuqori xalqaro standartlarga javob berish uchun rivojlanishda davom etmoqda.

BIZNING YERDAGI FAOLIYATIMIZ - SIZNING SAMODAGI XAVFSIZLIGINGIZ VA DADILLIGINGIZDIR!